1

O`zbekistonda o`rta muddatli byudjet tizimi joriy etiladi

Iqtisodiyot 07.02.2018, 08:08
O`zbekistonda o`rta muddatli byudjet tizimi joriy etiladi

Moliya vazirligida o`rta muddatli byudjet tuzish konsepsiyasi hamda Namangan shahri misolida byudjetni o`rta muddatga tuzish uslubiy qo`llanmasi taqdimoti bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

O`zbekistonda amaldagi tartiblarga muvofiq, davlat byudjeti indeksasiyalarni qo`llash metodi bilan bir yillik asosda tuziladi. Chunki byudjet mablag`larini taqsimlovchilar va byudjet tashkilotlari o`zlarining istiqbollarini rejalashtirilgan yildan uzoqroq davrga prognozlashtira olmaydi. Buning asosiy sababi esa kelajakdagi makroiqtisodiy o`zgarishlarni va ularning fiskal ko`rsatkichlarga ta`sirini oldindan ko`ra bilish imkoniyati yo`qligidir.

O`rta muddatga byudjetni rejalashtirish davlat byudjetini bir necha yilga (qoida tariqasida 3-5 yilga) tuzish jarayonidir. Rivojlangan xorij mamlakatlarida ushbu tizim shakllantirilgan. Mamlakatda ham ushbu tizimni joriy etish bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda va dastlabki shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Jumladan, valyuta kursi liberallashtirildi va natijada o`zbek so`mining kursi barqarorlashdi. Ma`muriy islohotlar konsepsiyasi strategik rejalashtirish tizimini yaratishni ko`zda tutadi. Unga ko`ra, «qisqa muddatli», «o`rta muddatli», «uzoq muddatli» kabi tushunchalar kiritilmoqda. 2018- yildan boshlab O`zbekiston Respublikasi rivojlanish dasturlarini moliyalashtirish va shakllantirishning yangi tartibi joriy etildi.

Tadbirda O`zbekistonda ilk bor Namangan shahrida 2018—2020 yillar uchun o`rta muddatli byudjet ishlab chiqilgani va xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan qabul qilingani ta`kidlandi. Uslubiy qo`llanma BMT Taraqqiyot dasturi va Buyuk Britaniyaning mamlakatdagi elchixonasi texnik ko`magida ishlab chiqildi. Qo`llanma o`rta muddatli byudjetlashtirish jarayonini to`liq yoritishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Taqdimot jarayonida 2018—2020 yillar uchun prognoz loyiha namoyish etildi.



Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1