Beeline aloqa operatori Toshkentdagi optik tolali Internet tarmog`ining navbatdagi kengaytirilganligi haqida xabar beradi.
“Ma`lumki, Beeline o`z abonentlarini nafaqat mobil Internet bilan ta`minlamoqda, balki ADSL va FTTB texnologiyalarini keng tasmali simli internet xizmatlarini taqdim qilgan holda muvaffaqiyat bilan joriy qilmoqda, – deydi Unitel‘ning Toshkentdagi hududiy filiali direktori Dmitriy Resh. – Poytaxtning turli tumanlaridagi minglab istiqomat qiluvchilar daqiqasi 100 Megabitli tezkor Internetning avzalliklarini baholashdi. Mijozlar bozor rahnamosidan yangi imkoniyatlar va innovasion qarorlarni kutishlari oddiy hol va biz ularning umidlarini oqlash uchun qo`limizdan kelganini qilmoqdamiz”.
Bugungi kunda 700 ga yaqin ko`p xonadonli uylar Beeline‘ning FTTB (Fiber To The Building – uyga optika) optika tolali tarmog`i bilan qamrab olingan.