1

O`zbekiston Tashqi savdo vaziri Qirg`izistonga tashrif buyuradi

Iqtisodiyot 08.02.2018, 11:22
O`zbekiston Tashqi savdo vaziri Qirg`izistonga tashrif buyuradi

O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo`jaev boshchiligida O`zbekiston Respublikasi ishchi guruhi Qirg`iziston Respublikasiga rasmiy tashrifi rejalashtirilmoqda. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida xabar berildi.

Mazkur tashrif ikki kun davom etib, uning asosiy maqsadi ikki taraflama savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish etib belgilangan.

Ma`lumot uchun: 2017 yil ikki davlat o`rtasidagi o`zaro tovar aylanmasi 86 million AQSh dollariga oshib 253,9 million AQSh dollarni tashkil etdi. Qirg`iziston Respublikasiga qilinayotgan eksportning asosiy ulushi — tabiiy gaz, tekstil hamda meva-sabzavot mahsulotlariga to`g`ri kelmoqda.

Tashrif davomida hukumatlararo muzokaralar bilan bir qatorda, ikki tomonning xususiy sektor vakillari bilan uchrashuvlar, korxonalarga tashriflar, shuningdek kooperasiya va savdo shartnomalarini amalga oshirishni jadallashtirishga yo`naltirilgan tadbirlar o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, O`sh viloyati chegara zonasida transchegaraviy savdo-sotiqni rivojlantirish imkoniyatini o`rganish bo`yicha tadbirlar o`tkaziladi.



Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1