1

Osiyo taraqqiyot bankining mintaqaviy departamenti direktori o`zgardi

Iqtisodiyot 09.02.2018, 02:30
Osiyo taraqqiyot bankining mintaqaviy departamenti direktori o`zgardi

Verner Lipak Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy va G`arbiy Osiyo bo`yicha departamenti bosh direktori etib tayinlandi. Undan oldin bu lavozimni Shon O’Sallivan egallab turgandi. Bu haqda OTB matbuot xizmati xabar berdi.

Lipak bosh direktor sifatida O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Pokiston, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston, Afg`oniston kabi mintaqadagi 10 davlatda ushbu moliya muassasasi faoliyatini boshqaradi. Jumladan, u ayni paytda OTBning 155 ta loyihasini o`z ichiga olgan 18,6 milliard AQSh dollariga teng portfelini amalga oshirilishini nazorat qiladi.

Qayd etilishicha, yangi bosh direktor, shuningdek, bankning Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturlari doirasidagi ishlariga rahbarlik qiladi. Eslatib o`tamiz, bu Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik yo`nalishidagi eng yirik dasturlardan biri hisoblanadi.

“Markaziy va G`arbiy Osiyo ulkan o`zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Zero, ushbu mintaqada savdo-sotiq kengayib, qashshoqlik darajasi qisqarayapti, — deb hisoblaydi Verner Lipak. — OTB fizik va ijtimoiy infratuzilmalarning o`zaro bog`liqligini oshirish hamda yaxshilash hisobiga inklyuziv o`sishni ta`minlash maqsadida butun mintaqani rivojlantirish bo`yicha hukumatlar va hamkorlar bilan ishlashni davom ettiradi”.

Bungacha u ushbu departamentda bosh direktor o`rinbosari va bosh maslahatchisi lavozimlarida ishlagan. U 2011 — 2017 yillarda OTBning Pokiston bo`yicha doimiy vakili bo`lgan. Umuman, mazkur muassasada 1992 yildan buyon faoliyat yuritayapti.

Bu sohada 1987 yilda yosh mutaxassis sifatida ish boshlab, uzoq yillar davomida yuqori lavozimlarni egallab kelgan sobiq rahbar Shon O’Sallivan esa nafaqaga chiqdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1