O`zbekistonda ISO 22000 va "Halol" standartlari rasman joriy etildi. Bu haqda "O`zstandart" xabar berdi.
Respublikada xalqaro standartlarni joriy qilish va amalda qo`llash bo`yicha chora-tadbirlar dasturi 2017 yil 23 noyabrda O`zbekiston bosh vaziri o`rinbosari tomonidan tasdiqlangandi.
"Halol" standartini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida "O`zstandart" agentligi qarori bilan 2018 yil 1 fevraldan Oz DSt 3286:2018 davlat standarti "Halol" oziq-ovqat mahsulotlari bo`yicha umumiy qo`llanma joriy etildi. Yaqin vaqt ichida "halol" mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari uchun tegishli yo`riqnoma chiqadi.
ISO 22000 standartlari bu oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi menejment tizimi uchun xalqaro standartlar turkumidir.
"Halol" standartlarida mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish va markalash jarayonlari islom qoidalariga muvofiq bo`lishi talab etiladi.
Agentlikning qayd etishicha, standartlarning joriy etilishi mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun sotuv bozorlarini kengaytirish va turizm sohasida ziyorat turizmini rivojlantirishga ko`mak beradi.
Read more: https://sputniknews-uz.com/society/20180209/7470433.html