O`tgan yilda 2018 yil bahorida Toshkentdan Issiqko`lga temir yo`l qatnovi ochilishi haqida xabar berilgandi. Ana shu yo`nalishdagi “Toshkent –– Baliqchi – Toshkent” poezd qatnovi shu yil 22 martdan boshlab qayta yo`lga qo`yiladi.
Bu haqda “Qirg`iz temir yo`llari” milliy kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qatnov haftasiga bir marta bo`ladi. Poezd 22 mart kuni Toshkentdan yo`lga chiqsa, 23 mart kuni Baliqchiga etib boradi. 24 mart kuni bu shahardan ortga qaytadi va 25 mart kuni poytaxtga kirib keladi. Ushbu poezd tarkibida 7 ta yirik vagon, 3 ta plaskart vagoni va vagon-restoran joy olgan.