1

Hafta davomida sizni nima kutmoqda (12-18 fevral)?

Munajjimlar bashorati 12.02.2018, 09:44
Hafta davomida sizni nima kutmoqda (12-18 fevral)?

Hamal

Mazkur haftada juftingiz bilan o`zaro bir-biringizni tushunish va munosabatlaringizni yanada yaxshilash yo`llarini izlashingizga to`g`ri keladi. Haftaning birinchi yarmida shu ish bilan mashg`ul bo`lsangiz ayni muddao. Juftingizni quvontiradigan sovg`alar xarid qilishingiz yoki kechki taomni ikkalangizga ham yoqadigan restoranda tanovul qilshingiz mumkin.Ishxonada esa omad siz tomonda. Rahbariyatning sizga bo`lgan ishonchi ortadi.

Savr

Oilangizdagi kattalar bilan munosabatlarda burchakka turadigan vaziyatlar yuz berishi mumkin. Shuning uchun izzatingizni bilib, ularning ham hurmatini qiling. Hozir o`tgan gap-so`zlarni hisob-kitob qiladigan vaqt emas. Moddiy masalalar deb yaqinlaringiz bilan tortishmang.Boshi ochiq burj vakillarining aynan shunday yig`inlarda baxti kulib qolishi mumkin.

Javzo

Ko`pchilik bilan muloqat qilishingizga to`g`ri keladi. Ish va shaxsiy masalalar bo`yicha sizni suhbatlar kutmoqda. Albatta o`ylab gapirsangiz, hammasi silliq kechadi. Hushyor bo`lishingiz ham lozim. Ishlaringiz ko`paygani sabab yugur-yugurlar orasida nimanidir qaerdadir unutib qoldirishingiz ehtimoli ham bor. Hafta o`rtasida moddiy masalalaringiz juda chiroyli echim topadi. Kutilmagan daromadingizni salomatlingizni tiklashga sarflasangiz, yaxshi bo`lardi.

Saraton

Pul bilan bog`liq muammolar oldingizga ko`ndalang turishi mumkin. Sababi siz kutgandek daromad ko`rmaysiz ko`zlaganlaringizdan. Shu sabab ham rejalashtirgan xaridlaringizni biroz keyinroqa surib turganingiz ma`qul. Pulingizni tejab ishlatsangiz, hammasi joyiga tushib ketadi. Dam olish kunlari kayfiyatingiz ko`tariladi. Yaqinlaringizning mehr-muhabbatini qadrlang. Pul topiladigan narsa, uni deb doim tushkun kayfiyatda yurish yaramaydi.

Asad

Hozir shunday kayfiyatdasizki, atrofingizdagilar bilan munosabatlarni ko`zdan kechirayapsiz. Ular bilan o`rnatgan rishtalaringiz haqda bosh qotirasiz. Bunday vaziyatda qaltis so`zlarni tilga olishdan ehtiyot bo`ling. Munosabatlarga putu etib qolishi mumkin. Ish borasida esa yangi loyihaga qo`l urasiz. Shunday ekan, boshqalarning siz haqingizdagi fikrlariga vaqt sarflamasdan, o`z ishingizni yo`lga qo`yasiz. Natijada yaxshigina daromad ham ko`rasiz.

Sunbula

Hafta avvalida o`zingizni yolg`iz his qilasiz. Iloji boricha yolg`iz qolmaslikka harakat qiling. Bo`lmasa yomon xotiralarga berilib battar tushkunlikka tushasiz. Yaxshisi, ko`pchilik bilan muloqat qilishga urining. Yangi tanishlar orttirish imkoni tug`ilishi mumkin. Samimiy suhbatlar ko`nglingizni ko`taradi. Yuzingiz kulib tursa, yaxshi insonlar sizning suhbatingizga shoshiladi. Hafta yakunida madaniy hordiq chiqarishni tavsiya etamiz.

Mezon

Do`stlaringiz bilan munosabatlarda tushunmovchiliklar yuz berishi mumkn. Hissiyotga berilmasdan bosiqlik bilan muomala qiling. Shovqin-suronlardan uzoqroq yuring. Iloji boricha o`z ustnigizda ishlang. Ayniqsa mutaxassisligingiz bo`yicha. Chunki hafta yakunida yaxshiga taklif bo`lishi kutilmoqda. Bu jamoada obro`ngiz va mansabingiz oshishiga ham xizmat qiladi. Agar salomatligingizda biror muammo kuzatilsa, shifokorga uchrashishni orqaga surmang.

Aqrab

Hayotingizda muhim o`zgarishlar bo`lishi kutilmoqda. Birnichidan, ishingiz yangi topshiriq olasiz, uning uddasidan chiqsangiz, mukofotlanishingiz, munosib taqdirlanishingiz mumkin. Ikkinchidan, oila a`zolaringiz bilan ko`pdan buyon kutayotgan rejalaringiz amalga oshadi. Bunda ularning qo`llab-quvvatlovi sizga asqatadi. Faqat ish va shaxsiy hayotga birdek vaqt ajarata olsangiz, ikki tomonda ham omadingiz kuladi.

Qavs

Siz sayohatga chiqshingiz kerak. Yoki ko`pdan buyon bormagan manzillaringizga boring. Yo`lda sizni qiynayotgan savollar borasida yaxshilab mulohaza qilib olishingiz mumkin. Talabalar yoki ota-onalar o`quv ishlari bilan bog`liq masalalarni hal qilib olishlari kerak. Yil boshida ta`lim olishga e`tiborni kuchaytirish talab etiladi. Sizning o`zingizni baxtli his qilishingizga nimalar xalaqit qilayapti, ulardan xalos bo`lishga urina boshlaysiz.

Jadiy

O`zingizni, salomatlingizni, hamyoningizni himoya qiling. Mavsumiy kasalliklarga chalinmaslik uchun ehtiyot choralarini ko`ring. Pulni behudaga sarflamang. Ortiqcha gap-so`zlarga bosh qo`shmang. Shunda xotirjam bo`lasiz. Oilali burj vakillariga umr yo`ldoshidan mehrini qizg`anmaslikni tavsiya etamiz. Balkim birga sayrga chiqarsizlar, chiroyli manazarali joylarni tomosha qilarsizlar. Hujjatlar bilan bog`liq savollarga haftaning o`rtasida oydinlik kiritib oling.

Dalv

Rahbariyat yoki turmush o`rtog`ingiz bilan o`rtangizda gap qochib qolishi mumkin. Bunday vaziyatda ko`p ham asabiylashmasdan, ikkinchi tomondan xato izlamasdan, sal kengroq bo`ling. Iloji boricha o`zingizni qo`lga oling. Uzr so`rashingiz talab etilsa, ko`p ham buni ortga surmang. Kuz avvalida immunetetingizni mustahkamlasangiz, ko`p kasalliklardan himoyalanasiz.Dangasalik qilmasdan, jismoniy tarbiya bilan shug`ullanishga qunt qiling.

Hut

Salomatligingiz bilan bog`liq muammolar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud. Bunga ovqatlanish tartibingiz buzilgani sabab bo`ladi. Taomnomangizdan yarim tayyor mahsulotlarin cheklang. Iloji boricha tabiiy, vitaminga boy ne`matlardan bahramand bo`ling. Hamkabslar bilan xushmuomala bo`ling. Turmush qurish arafasidagi burj vakillari ayni paytda muhim qarorlarni qabul qilishlari mumkin. Kattalarning fikriga ham quloq soling.

Sharhlar

O`qishga tavsiya qilamiz

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1