10 fevral kuni soat 00.30da Namangan shahrida fuqaro “Spark” rusumli avtomashinani I.Karimov ko`chasida haydab ketayotgan vaqtida shu erda xizmat olib borayotgan viloyat IIB YHXB YPX inspektorining to`xtash to`g`risidagi qonuniy talabiga bo`ysunmagan. Haydovchi avtomashinada inspektorni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan, deb xabar qiladi IIV matbuot xizmati.
Natijada YPX inspektori jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat bo`yicha shaharning Go`zal 1-berk ko`chasi 4-uyda yashovchi 1981 yilda tug`ilgan fuqaro qo`lga olingan.