Ichki ishlar vazirining 9 fevraldagi buyrug`i bilan avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni majburiy texnik ko`rikdan o`tkazish uchun to`lovlarning yangi stavkalari belgilandi, deb xabar beradi "Norma".
2018 yil 9 maydan boshlab quyidagi to`lov miqdorlari qo`llanila boshlaydi:
Yuridik shaxslarga tegishli transport
Yuk va maxsus avtotransport vositalari — EKIHning 40%i (68 896 so`m)
Avtobuslar (mikroavtobuslar) — EKIHning 20%i (34 448 so`m)
Engil avtotransport vositalari — EKIHning 10%i (17 224 so`m)
Mototransport vositalari va tirkamalar (yarim tirkamalar) — EKIHning 10%i (17 224 so`m)
Jismoniy shaxslarga tegishli transport
Yuk va maxsus avtotransport vositalari — EKIHning 20%i (34 448 so`m)
Avtobuslar (mikroavtobuslar) — EKIHning 20%i (34 448 so`m)
Engil avtotransport vositalari — EKIHning 10%i (17 224 so`m)
Mototransport vositalari va tirkamalar (yarim tirkamalar) — EKIHning 5%i (8 612 so`m)
Ko`rsatilgan sanadan boshlab majburiy texnik ko`rikdan (bundan keyin – texnik ko`rik) o`tkazganlik uchun to`lov avtotransport vositalari va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari) har gal ro`yxatdan o`tkazilganda (qayta ro`yxatdan o`tkazilganda) undiriladi. Hozir oldingi texnik ko`rik muddati o`tmagan bo`lsa, to`lovlar to`lanmaydi.
Engil avtotransport uchun uning amaldagi stavkaga (EKIHning 10%i) solishtirma qiymati o`zgarmaydi. Bunda qayd etilishicha, jismoniy shaxslarning engil avtotransporti (M1 toifasidagi) tadbirkorlik sub`ektlari – yuridik shaxslar tomonidan majburiy texnik ko`rikdan o`tkazilganda DYHXX organlari to`lov undirmaydilar. EKIHning 10%i miqdoridagi stavkaning o`zi esa faqat 1.01.2019 yilgacha amal qiladi. Ya`ni shunday xulosa chiqarish mumkinki, keyingi yildan boshlab jismoniy shaxslarning engil avtomobillarini texnik ko`rikdan o`tkazishni to`laligicha tadbirkorlik sub`ektlariga berish rejalashtirilmoqda.