1

Nukuslik talaba yigit Rossiyada o`tkazilgan xalqaro tanlovda Gran-pri g`olibi bo`ldi

Jamiyat 13.02.2018, 09:48
Nukuslik talaba yigit Rossiyada o`tkazilgan xalqaro tanlovda Gran-pri g`olibi bo`ldi

Joriy yilning 10-12 fevral kunlari Rossiya Federasiyasining Ekaterinburg shahrida o`tkazilgan «Kraski narodov mira v proektax berega nadejd» tanlovida folklor yo`nalishi bo`yicha ishtirok etgan qoraqalpog`istonlik Muhammad To`rabekov Gran-pri g`olibi bo`ldi.

Ushbu xushxabarni bizga g`olibning o`zi Ekaterinburg shahridan telefon orqali etkazdi. Muhammad shu muvaffaqiyati bilan 26 mart va 4 aprel kunlari Qrimda o`tkaziladigan «Parij, ya lyublyu tebya» deb nomlangan 27-xalqaro bolalar va o`smirlar tanlovining super final bosqichida ishtirok etish yo`llanmasini ham qo`lga kiritdi.

Muhammad 1999 yilda Nukus shahrida tug`ilgan. Bolaligidan badiiy san`atga qiziqadi. U Nukusdagi 1- Eshjan baxshi nomidagi bolalar musiqa va san`at maktabida o`qib, ustozi Burkutboy Piyazovdan badiiy san`atning o`ziga xos sirlarin o`rganadi.

«Yigitga qirq hunar ham oz» degani kabi, u do`mbira soz asbobini ham maromiga keltirib chalib, qozoq xalq kuylarini ijro eta oladi. Shuningdek, u «Sayatxon-Hamra» dostonini to`liq yod olgan. M.To`rabekov Nukus Madaniyat va san`at kollejida o`qigan davrida ustozi, O`zbekiston xalq baxshisi Tengel Qallievga shogird tushib, ustozining topshiriqlarini astoydil bajaradi. Hozirgi kunda iqtidorli yosh Muhammad Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogik instituti Musiqiy ta`lim yo`nalishining 1-bosqich talabasi.

– Bunday yutuqlarga ega bo`lishimda onam Ravshan va ustozim Tengel og`aning hissalari katta, – deydi M.To`rabekov

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1