Internet orqali “SMS-xabarnoma” xizmatini ulash xavfli, infokiosk yoki bankomat orqali ulanish har tomonlama xavfsiz deb e`tirof qilingan — ogohlantiradi Yagona umumrespublika prosessing markazi axborot xizmati.
Sababi infokiosk orqali ushbu xizmatni ulash vaqtida apparat kartangizni qabul qilayotganda plastik kartangiz qo`lingizda ekanligi tasdiqlanadi. Bankda ham ushbu xavsizlik tizimi joriy qilingan bo`lib, bank xodimi karta egasi ishtirokida xavfsiz ravishda kartangizni ushbu xizmatga ulab qo`yadi.
“SMS-xabarnoma” xizmati karta egasiga barcha kirimlar, joriy balans va to`lov operasiyalar, jumladan, amalga oshirilgan to`lovlar borasidagi ma`lumotga tezkorlikda ega bo`lish imkonini yaratadi, deyiladi Uzcard xabarida.