2014 yilda internet foydalanuvchilari soni 3 milliardga etadi

Hi-tech 06.05.2014, 11:16
2014 yilda internet foydalanuvchilari soni 3 milliardga etadi

Yil ohirigacha dunyodagi internet foydalanuvchilar soni 3 milliardga etadi.

Ularning uchdan ikki qismi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Bu haqda elektroaloqa xalqari uyushmasining hisobotida aytiladi, deya xabar beradi Day.Az.
Hozir ham sayyoramizda internetdan foydalanish darajasi rivojlanayotgan davlatlarda kuchliroq. Mazkur guruhda dekabrga borib 78 foiz mamlakat bo`ladi. Mazkur sohada birinchilik Evropa mamlakatlariga tegishli, bu davlatlarda to`rtdan uch kishi Tarmoqqa yo`l bo`ladi. Huddi shunday rivojlanish surati Shimoliy va Janubiy Amerikalarda ham kuzatiladi. U erlarda yil ohiriga kelib, uchdan ikki kishida internet tarmog`idan foydalanish imkoni bo`ladi.
Osiyo-Tinch-Okeani hududida 2014 yil ohiriga borib, aholining uchdan bir qismi internetga ulanadi, shu bilan birga internet foydalanuvchilarning 45% shu erda yashaydi. Va nihoyat, Afrikada 20% aholi yil ohiriga borib tarmoqqa ulanadi. Taqqoslash uchun aytadigan bo`lsak, 2010 yilda ushbu ko`rsatkich 10% tashkil qilgan edi.
Shu bilan birga uyali aloqa mashhurligi ham ortmoqda. Yil ohirigacha bu sohada tuzilgan shartnomalar soni qariyb 7 milliardni tashkil qiladi, shundan 3,6 mlrd Osiyo va Tinch Okeani mamlakatlariga to`g`ri keladi. Shu bilan birga statistikada keltirilishicha, mazkur bozor to`yinganlik darajasiga yaqinlashmoqda.
Shuningdek rivojlangan mamlakatlarda internetga uydan turib ulanish darajasi ham to`yinganlik holatida. 2014 yil ohiriga borib, rivojlangan mamlakatlarda 78% uy xo`jaligi, rivojlanayotgan mamlakatlarga esa 31% to`g`ri keladi. MDH mamlakatlari uchun ushbu ko`rsatkich 50% tashkil qiladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1