Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 12 fevral kuni soat 14:00 larda Osiyo millatiga mansub, 17-20 yoshlardagi noma`lum ayol Alisher Navoiy ko`chasida joylashgan Markaziy dorixona oldida turgan N.M. va A.A.ning yoniga kelib, 3-7 kunlik sog`lom qiz bola chaqaloqni ularga berib, voqea joyidan yashiringan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko`ra, chaqaloqning onasini aniqlash choralari ko`rilgan.
Hozir surishtiruv ishlari olib borilmoqda.