AsosiyJamiyat

Chimyon hududida qor ko`chish xavfi haqida e`lon qilindi

'Chimyon hududida qor ko`chish xavfi haqida e`lon qilindi  'ning rasmi

"Chimyon" hududida 2018 yil 14 fevral soat 08:00 dan 15 fevral soat 08:00 gacha qor qo`chish xavfi e`lon qilindi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, ehtiyot choralarini ko`rish hamda avariya, boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147-10-50 tezkor raqamiga murojaat etish kerakligi haqida so`ragan.

Shuningdek, "Qamchiq" dovonidagi vaziyat bo`yicha ob-havo bashorati berildi: 14 fevral (kechasi): —2…+3 daraja, engil qor, o`rtacha va ba`zan kuchayishi mumkin. Shamol 5-10 m/s dan 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin.

15 fevral (kechasi): —7…-2 daraja, qor va ba`zan kuchayishi mumkin, ko`rinish 50-100 m. Shamol 5-10 m/s dan 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin.

15 fevral (kunduzi): 0…+ 5 daraja, engil qor, ba`zan kuchayishi mumkin, ko`rinish 50-100 m. Shamol 5-10 m/s dan 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin.

16 fevral (kechasi): —7…-2 daraja, qor. Shamol 5-10 m/s dan 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Ob-havoning keskin o`zgarishi sababli, iloji boricha tungi paytlarda "Qamchiq" dovoni orqali harakatlanishni cheklash tavsiya qilingan.

    Boshqa yangiliklar