Qoraqalpog`iston IIV patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi hamda Milliy gvardiya hamkorligida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta`minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Nukus shahrida otliq va velosipedli patrul xizmati faoliyati yo`lga qo`yilgani ushbu hamkorlikning amaliy samarasidir.
– Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "Xavfsiz shahar – xavfsiz mamlakat" konsepsiyasi asosida tashkil etilgan bunday xizmat o`z samarasini bermoqda, – deydi Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari, podpolkovnik E.Qayipnazarov. – Jumladan, 2018 yil yanvar oyida Qoraqalpog`iston Respublikasi hududida jinoyatchilik keskin kamaydi. Patrul-post xizmati bataloni va Milliy gvardiya xodimlari ko`cha va xiyobonlarda, jamoat joylarida doimiy tezkor tekshiruvlar, profilaktika tadbirlari o`tkazayotir.