AsosiyIqtisodiyot

Tojikiston banki O`zbekiston chegarasida valyuta almashtirish shoxobchasini ochadi

'Tojikiston banki O`zbekiston chegarasida valyuta almashtirish shoxobchasini ochadi 'ning rasmi

Tojikiston milliy banki O`zbekiston va Qirg`iziston bilan chegara hududlarida valyuta almashtirish shoxobchalarini ochishni rejalashtirdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston So`g`d viloyatidagi Milliy bank vakolatxonasiga tayangan holda.

"Yaqin vaqtlarda O`zbekiston va Qirg`iziston bilan chegarada nazoratdan o`tish joylari yonida valyuta almashtirish shoxobchalari o`z ish faoliyatini boshlaydi", — deyilgan xabarda.

Tojikiston milliy banki xodimining fikriga ko`ra, bu qadam chegaradagi vaziyatni yanada yaxshilashga olib keladi. Nazoratdan o`tish joylari yonida valyuta almashtirish shahobchalari bo`lmaganligi tufayli fuqarolar qora bozorda valyuta almashtirishga majbur bo`lishgan.

Bank va kredit tashkilotlar shanba va yakshanba kunlari ishlamaganda hattoki Xo`jandda valyuta almashtirish juda qiyin.

    Boshqa yangiliklar