1

Quruq yuz terisi – muammo emas

SUG'DIYONA 15.02.2018, 16:56
Quruq yuz terisi – muammo emas

Qish kunlarida yuz terisi quruqlashishi ko`pchilikni tashvishga qo`yadi. Aslida esa to`g`ri parvarishlansa, quruq yuz terisi muammo emas! Quyida uy sharoitida foydalanish mumkin bo`lgan usullar bilan tanishtiramiz.

Krem tanlaymiz!

Sovuq kunlarda terining gidrolepid qatlami oziqlantirilishi kerak. Negaki, quruqlashishga moyil yuz terisida yog` bezlari sustroq ishlaydi. Bunda sizga tarkibida vazelin, lipid va o`simlik moyi bor kremlar ko`mak beradi. Krem uyquga yotishdan oldin, yuzga surtilib, teri engil uqalanadi.

Kokos moyi

Yuz terisini yumshatishda kokos moyiga teng keladigani yo`q. Yog`ni barmoq uchida teriga tekis surtiladi va ertalabgacha qoldiriladi.

Quruq teri parvarishida zaytun yog`i ham ayni muddao. Ushbu moy nafaqat oziqlantirish, balki ajinlarning oldini olish xususiyatiga ham ega.

Moychechakli kompress

Pardoz tozalangach, ikki qavat dokani moychechakli damlamada ho`llab, yuz terisiga 10-15 daqiqali kompress qiling. Damlama teri yuzasida hosil bo`lgan mayda burmalarni oson ko`chirib tushiradi. Shu bilan birga terini yumshatadi ham. Kompress kuchli teri qurishida – haftasiga 2 marta, engil shaklida esa bir marta qo`llansa, kifoyadir.

To`g`ri ovqatlaning!

Tashqi parvarish usullari natija berishini istasangiz,muammoni, avvalo, ichkaridan hal eting. Taomnomada – A va E vitaminlariga boy mahsulotlar – barcha turdagi yong`oq, o`simlik yog`i, jigar, dukkakli o`simliklar, baliq go`shti bo`lishi lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1