1

O`zbekistonda 2017 yilda o`rtacha oylik ish haqi 12,3 foizga o`sdi

Iqtisodiyot 16.02.2018, 09:24
O`zbekistonda 2017 yilda o`rtacha oylik ish haqi 12,3 foizga o`sdi

O`tgan yilning yanvar dekabr oylarida O`zbekistonda nominal hisoblangan o`rtacha oylik ish haqi 2016 yil bilan taqqoslaganda 12,3, yollanma xodimlar daromadlari esa 12,8 foizga o`sdi. Bu haqda hukumat, Kasaba uyushmalari federasiyasi va Savdo-sanoat palatasi o`rtasida bosh kelishuv doirasida oshirilgan ishlar sarhisobiga bag`ishlangan yig`ilishda ma`lum qilindi, deya xabar beradi O`zA.

Qo`shma yig`ilishda 2017 yil mobaynida kasaba uyushmalari organlari va mehnat inspeksiyalari tomonidan xodimlarning oylik ish haqi o`z vaqtida to`lanishini ta`minlash bo`yicha tegishli choralar qabul qilingani qayd etildi. Ish beruvchilar tomonidan mehnat haqining eng kam miqdori standartlariga rioya etilishi ustidan davlat va jamoat nazorati o`rnatildi. Bu miqdorning mehnatga haq to`lash bo`yicha Yagona tarif setkasining 1 razryadi stavkasidan kam bo`lmasligi bo`yicha nazorat olib borildi.

Kasaba uyushmalari tomonidan qariyb 6700 tashkilotning ish faoliyati o`rganilib, ularning 354 tasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko`rildi. Aksariyat xo`jalik sub`ektlarida jamoa-shartnomaviy hujjatlar orqali ish haqi fondining tarif qismi oshirilishiga erishildi.

2017 yilda mehnat resurslari soni 18 million 672,5 ming kishini tashkil etib, bu borada 2016 yilga nisbatan 183,6 mingtaga o`sish kuzatildi. Band aholining 17,3 foizini davlat sektorida mehnat qilayotganlar, 82,7 foizini esa nodavlat sektorida faoliyat ko`rsatayotganlar tashkil etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1