AsosiySUG'DIYONA

Yaponcha taom — tovuq go`shtidan

'Yaponcha taom — tovuq go`shtidan   'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 400 gr. tovuq go`shti, 200 gr. dimlab pishirilgan guruch, 150 gr. konservalangan ko`k no`xat, 50 ml. soya sousi, 3 dona tuxum, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 1 bosh piyoz, bitta sabzi, o`simlik yog`i, ko`kpiyoz.

Tayyorlanishi: 1. Tovuq go`shtini o`rtacha kattalikda bo`laklarga bo`ling. Piyoz va sabzini to`rtburchak shaklda, kichikroq qilib to`g`rang.

2. Qizdirilagn o`simlik yog`ida tovuq go`shtini biroz qizartirib qovurib oling.

3. Piyoz va sabzini esa to yumshaguncha pishirasiz.

4. Ko`kpiyozni mayda to`g`rab, qizdirilgan yog`da 30 soniya qovurgach, tuxumlarni chaqasiz va atalab pishirasiz. So`ngra tovuq go`shti va sabzini qo`shib aralashtirasiz.

5. 5 daqiqadan so`ng guruch, ko`k no`xat va maydalangan sarimsoqpiyoz solib, taomni 10 daqiqacha dimlaysiz. Pishishiga 3–4 daqiqa qolganida soya sousini solish kerak.

4 kishilik

50 daqiqa

    Boshqa yangiliklar