Bu yil “O`zagroeksport” o`rikni to`rt baravar qimmatiga sotib oladi

Iqtisodiyot 16.02.2018, 17:46
Bu yil “O`zagroeksport” o`rikni to`rt baravar qimmatiga sotib oladi
"O`zbekoziqovqatxolding" tarkibiga kiruvchi “O`zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati bundan buyon dehqon va fermerlarga avans (bo`nak) pulini hosil tayyor bo`lishidan bir necha oy oldindan to`laydi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

Xususan, yangi mavsuda etishtirilgan o`rik mahsulotlarini f`yuchers (oldindan pul to`lash) shartnomalari asosida, qimmatroq xarid qilish muhokama qilindi.

"2018 yil o`rik mevasi hosili uchun, aniqrog`i, 1 kilogramm 40+ kalibrli o`rik uchun, sotib olish narxlari to`rt barrobar oshirilgan holda — 8 000 ming so`m etib belgilandi", — deyilgan kompaniya xabarida.

Ushbu qaror “O`zagroeksport” aksiyadorlik jamiyatida 13-fevral kuni bo`lib o`tgan davra suhbati yakunida qabul qilindi. Banklar, fermer va dexqon xo`jaliklari, logistika markazlari vakillari ishtirokida bo`lib o`tgan davra suhbatida meva-sabzavot mahsulotlari eksportini oshirishdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Majlisda keltirilgan statistik ma`lumotlarga ko`ra, o`rik eksporti bo`yicha O`zbekiston jahonda ikkinchi o`rinda turar ekan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1