Sabablari qanday bo`lishidan qat`iy nazar ajrimlar jamiyat elkasiga og`ir yuk bo`lib minadigan muammodir.
Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti hamda O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida o`tgan «Yoshlar ajrimga qarshi» mavzuidagi ochiq muloqot bu boradagi fikrlar bahsga aylandi, deb yozadi O`zA.
Bugungi kunda dolzarb bo`lgan yosh oilalar o`rtasida yuzaga kelayotgan ajrimlarning sabab va ildizlari, bunday noxush holatlarning qanday salbiy oqibatlari xususidagi fikr-mulohazalar tinglandi.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash uchun avvalo, ularning ma`naviy dunyosini boyitish lozim. Negaki nizoli holatlar va ajrashishlarning asosiy sabablaridan biri aynan ma`naviy qashshoqlikdir, deyildi tadbirda.
Shuningdek, yosh oila vakillari, oila qurish arafasida turgan yoshlar bilan notinch va muammoli, ayniqsa, og`ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan yosh oilalar, ular o`rtasida ma`naviy-ahloqiy muhitni sog`lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va milliy mentalitetga zid bo`lgan turli yot xavf-xatarlarning oldini olish yuzasidan ma`ruzalar tinglandi.
Jamiyat o`z muqaddas qo`rg`onini asrashi zarur ekan, buning uchun biz kelajak avlod ma`naviy komil bo`lib ulg`aymog`i darkor, deyishdi so`zga chiqqan yoshlar faollari.