1

Hafta davomida sizni nima kutmoqda (19-25 fevral)?

Munajjimlar bashorati 19.02.2018, 10:07
Hafta davomida sizni nima kutmoqda (19-25 fevral)?

HAMAL

Taqdir sizga kulib boqmoqda. Hafta boshidagi romantik uchrashuv katta taassurotlar uyg`otadi. Agar sevgan insoningiz yoningizda bo`lsa, u sizga biror “syurpriz” hozirlamoqda. Dam olish kunlari yaqin kishilaringiz mehmonga kelishadi. Qarindoshlaringiz sizdan biron masalada yordam so`rasab rad etmang, imkon qadar yordam bering. Kun kelib, o`zingiz ham ularning ko`magiga muhtoj bo`lishingiz mumkin.

SAVR

Hafta boshida oilaviy munosabatlardan ko`nglingiz ancha xotirjam bo`ladi. Farzandlaringiz yoki biror yaqin insoningizdan xushxabar eshitasiz. Hafta o`rtalariga borib esa vaziyat biroz o`zgaradi. Siz ayrim sohalarda haqligingizni isbotlab berishingizga to`g`ri keladi. Lekin haqiqat egiladi, bukiladi, ammo sinmaydi, u albatta qaror topadi. Bu vaziyatdan so`ng jamoada hurmatingiz yanada oshadi.

JAVZO

Garchi o`z kuchingizga ishonsangiz-da, atrofdagilarning yordamini rad etmang. Hafta boshi ish yuzasidan hamkorliklar uchun juda samarali. Ko`zlagan maqsadingizga tez erishasiz. Hafta o`rtasida esa qandaydir muhim daqiqalarni o`tkazib yuborganingizdan ranjisangiz, sizni kutib turgan quvonchli lahzalar buning o`rnini bosib ketadi. Farzandlaringiznikezi kelganda munosib rag`batlantirishni ham unutmang!

SARATON

O`tmishda siz yo`l qo`ygan hafsalasizlik va dangasalik sababli ayrim kichik muammolarga duch kelishingiz mumkin. Bundan esa asablaringiz taranglashishi aniq. Endi vaziyatdan chiqib ketish uchun ter to`kib mehnat qilishingizga to`g`ri keladi. Hafta yakunida sizni esa maroqli hordiq kutmoqda. Yaxshi dam mehnatga hamdam, deganlaridek hordiq onlari unumli ish haftasini boshlashingizga turtki bo`ladi.

ASAD

Bu haftada ichki sezgi va hissiyotlaringiz ancha faollashadi. Lekin atrofingizdagilar sizning so`zlaringiz va harakatlaringizga to`g`ri baho bera olishmaydi. Siz ham hammasini o`z holiga qo`yib qo`ying. Fikrlaringizni juda zarur vaziyatlar uchun saqlang. Dam olish kunlari esa juda foydali takliflar tushadi. Ular esa moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishiga sabab bo`lishi mumkin.

SUNBULA

Oilaviy munosabatlarda hammasi ajoyib tus oladi. Sizni oldinda yaqin kishilarnigiz bilan juda quvonchli va yoqimli lahzalar qarshi oladi. Ishda esa avvalgidan ko`proq mehnat qilishingizga to`g`ri keladi. Yangi topshiriqlarni bajarish uchun ancha vaqt sarflaysiz. Mashaqqatingiz esa munosib tarzda rag`batlantiriladi. Pul mukofoti yoki mansab pillapoyasida ko`tarilish sizni kutmoqda.

MEZON

Siz uchun haftaning birinchi yarmi biroz ko`ngilsiz boshlanishi mumkin. Hech qanday muhim qarorlar qabul qilmaslikni maslahat beramiz. Bu vaziyat asablaringizni toliqtirishi mumkin. Lekin sabr bilan kutishingizga to`g`ri keladi. Hammasi vaqt o`tishi bilan izga tushib ketadi. Oilangiz bilan tabiat bag`rida dam olishga chiqish yoki boshqa viloyatlarga sayohat qilish tavsiya etiladi.

AQRAB

Juda ko`p yangi g`oya va fikrlaringiz bor. Lekin ularni amalga oshirishga shoshilmaganingiz ma`qul. Oxirigacha puxta o`ylab harakat qilmasangiz, biror natijaga erishishingiz qiyin. Asta-sekin harakat qilaversangiz, rejalaringiz ro`yobga chiqqanini sezmay qolasiz. Salomatligingiz haqida ham qayg`urish tavsiya etiladi. Immunitetingizni oshirsangiz, mavsumiy kasalliklar sizni chetlab o`tadi.

QAVS

O`zingizni avvalgidan ko`ra ancha yolg`iz his eta boshlaysiz. Shuning uchun ham barcha muhim qarorlarni yolg`iz o`zingiz qabul qilishingizga to`g`ri keladi. Eng muhimi, tushkunlikka tushmasdan, faqat olg`a harakat qilsangiz, barcha dovonlarni engib o`tasiz. Farzandlaringizga etarlicha e`tibor bering. Ular hozirda sizning mehringizga har doimgidan ham muhtoj bo`lishi mumkin.

JADIY

Yaqin insoningiz bilan munosabatlaringizda kelishmovchiliklarga yuzaga kelishi mumkin. Hafta boshidagi baxs-munozaralardan so`ng jiddiy o`yga tolasiz. Hattoki, hammasiga nuqta qo`yish darajasidagi jiddiy qarorga kelishingiz ham mumkin. Yangi tanishuvlarga esa shoshilmang. Siz o`zingizga yaqin olganlaringiz aslida sizga do`st bo`lmasligi mumkin. Ikkiyuzlamachi insonlar nayrangiga uchmang.

DALV

Hafta boshida zarur qarorlar qabul qilishingiz talab etiladi. To`g`ri qaror sizni ish borasida ham, oilaviy munosabatlarda ham muvaffaqiyat sari yo`llaydi. Dam olish kunlari ota-onangizni yoki yaqin qarindoshlarni yo`qlab, bir olam mehr-muhabbat his etasiz.

Daromadingiz yaxshilanishi kutilmoqda. Ko`pdan beri rejalashtirayotgan xaridlaringizni amalga oshirishingiz mumkin.

HUT

Hafta boshidanoq o`zingizni jiddiy ishlarga ruhan tayoyrligingizni his etasiz. Siz hozir biror natijaga erishish uchun har qanday ishlarni amalga oshirishga tayyorsiz. Omad va sevgi bu hafta siz tomonda. Juftingizga e`tiborliroq bo`ling. Muhim sanalarni doimo yodda tuting. O`ziga xos bayram va kechalar tashkillashtirish, munosabatlaringizni ijobiy tomonga o`zgarishiga sabab bo`ladi.

Sharhlar

O`qishga tavsiya qilamiz

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1