1

O`zmilliybank Germaniya banki bilan 100 mln evrolik shartnoma imzoladi

Iqtisodiyot 20.02.2018, 14:48
O`zmilliybank Germaniya banki bilan 100 mln evrolik shartnoma imzoladi

Kecha, 19 fevral kuni Frankfurt Maynda O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Germaniyaning «AKA Bank»i (AKA Ausfuhrkredit-Gesellschaft mbH) o`rtasida O`zbekistonning Evropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish uchun 100 million evrolik kredit shartnomasi imzolandi.

Shartnoma Germaniya va Evropa Ittifoqining boshqa davlatlaridan tovarlar hamda xizmatlar importini o`z ichiga olgan investisiya loyihalarini, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun bankka kredit liniyasi ajratilishini nazarda tutadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1