AsosiyIqtisodiyot

O`zbekiston birjasida paxta tolasini eksport qilish boshlandi

'O`zbekiston birjasida paxta tolasini eksport qilish boshlandi'ning rasmi

Bugungi kunda birja savdolari orqali “O`zpaxtasanoat” AJ ning paxta tolasini eksport qilish uchun 1 tonnali lot bilan 40 ta standartlashtirilgan birja shartnomalari ochilgan. Birja tovarini etkazib berish sharti FCA – O`zbekiston Respublikasi hududidagi ixtisoslashgan paxta terminallari, deb xabar qiladi O`zRTXB AJ matbuot xizmati.

Birja orqali paxta tolasi eksporti joriy yilning fevral oyidan boshlab yo`lga qo`yilgandi. O`tgan davr mobaynida umumiy summasi 8,2 mln AQSh dollarlik 4,6 ming tonnadan ortiq “O`zpaxtasanoat” AJ ning paxta tolasi eksportga sotildi. Paxta tolasi uchun o`rtacha kotirovka – 1770,3 AQSh dollarni tashkil etdi. Shu jumladan, 4-tipdagi “Oliy” klassning birinchi navli paxta tolasi uchun birja narxi bir tonnasi uchun 1939,2 AQSh dollarni, 4-tipdagi “Yaxshi” klassning uchinchi navli paxta tolasi uchun birja narxi bir tonnasi uchun 1744,9 AQSh dollarni tashkil etdi.

Umuman olganda, O`zRTXB AJ valyuta savdo maydonchasida sotiladigan mahsulotlar nomenklaturasi kengayishi milliy mahsulotlarimizni xorijiy bozorlarga olib chiqishda bozor mexanizmlarini yanada rivojlanishiga ko`mak bermoqda, —ta`kidlanadi xabarda.

    Boshqa yangiliklar