AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonda yangi 22 ta oltin koni o`zlashtiriladi

'O`zbekistonda yangi 22 ta oltin koni o`zlashtiriladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 22 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan davlat dasturiga muvofiq, 25 turdagi foydali qazilmalar zahiralarini ko`paytirish va geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish hisobiga 50 ta yangi kon sanoatda o`zlashtirishga tayyorlanadi. Ularning 22 tasi oltin, 3 tasi uran, 2 tasi rangli metall va boshqa har xil noruda foydali qazilmalardir.

Shuningdek, 20 ta er osti suv konini topish hisobiga 6 viloyatdagi 2 shahar, 12 shaharcha va 220 qishloq aholi punktlari suv bilan ta`minlanadi.

Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi hududlarda joylashgan geologik 6 shaharchada boshqa hududlardan borib ishlayotgan 60 dan ziyod yosh mutaxassis uchun 32 ta uy qurib beriladi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar