Avtotransport vositalarining yon oynasini jalyuzi parda bilan jihozlasa bo`ladimi?

Savol-javob 28.02.2018, 11:11
Avtotransport vositalarining yon oynasini jalyuzi parda bilan jihozlasa bo`ladimi?

Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo`yicha xavfsizligi to`g`risida»gi umumiy texnik reglamentga muvofiq, barcha transport vositalarida old, yon va orqa tomondagi oynasining yorug`lik o`tkazishi kamida 70 foizni tashkil etishi kerak.

Haydovchining o`rindig`idan tashqari o`rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalarining orqa oynasida har ikki tomonda orqa tomonni ko`radigan tashqi ko`zgu mavjud bo`lgan taqdirda pardalar, shuningdek chiy pardalar va darpardalar bo`lishiga yo`l qo`yiladi.

Mazkur reglamentga asosan yon oynasiga parda quyishga faqatgina yo`lovchilar tashishga mo`ljallangan, haydovchining o`rindig`idan tashqari o`rindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t dan ko`p bo`lgan avtotransport vositalariga ruxsat beriladi.

@huquqiyaxborot

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1