1

Fevralda oziq-ovqat mahsulotlari narxi qanchaga oshdi?

Iqtisodiyot 01.03.2018, 10:08
Fevralda oziq-ovqat mahsulotlari narxi qanchaga oshdi?

2018 yilning fevral oyida O`zbekistonda mol va qo`y go`shti qimmatlab, kartoshka va sabzi arzonlagan. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi hisobotida keltirilgan.

Qo`mita tomonidan tayyorlangan 2018 yil fevral oyi uchun O`zbekiston Respublikasi iste`mol sektorida inflyasiya darajasi bo`yicha hisobotida qayd etilishicha, 2018 yilning fevral oyida iste`mol bozorida oziq-ovqat mahsulotlari 1,1 foizga qimmatlashgan.

Yakunlangan oyda ayrim oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashgani qayd etilgan. Jumladan, tuxum o`rtacha 10,5 foizga, shakar 3 foizga, tovuq go`shti 1,3 foizga, qattiq pishloq va qandolat mahsulotlari 0,1 foizga arzonlashgan.

Meva-sabzavot mahsulotlari narxlari o`sishda davom etgan. Chunonchi, mevalar orasida ko`proq olmalarda (6,1 foiz), shuningdek quritilgan mevalarda (4,8 foiz) qimmatlashgan.

Qovoq bir oyda 10 foizga, pomidor 14 foizga, bodring 11,7 foizga ko`tarilgan.

E`tiborlisi, fevral oyida asosiy poliz mahsulotlari – kartoshka 2,7 foizga, piyoz 2,3 foizga arzonlashgan.

Ayni paytda mol va qo`y go`shti narxlari 3 foizga, tirik va sovutilgan baliq 7,2 foizga oshgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1