1

Luis Enrike «Barselona» klub bosh murabbiyi etib tayinlandi

Sport 20.05.2014, 10:18
Luis Enrike «Barselona» klub bosh murabbiyi etib tayinlandi

Ispaniyaning "Selta" jamoasini boshqarib kelgan taniqli sobiq futbolchi Luis Enrike Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 

44 yoshli ispaniyalik mutaxassis bilan kelishuv 2 mavsumga mo`ljallangan. Murabbiyning birinchi matbuot-anjumani chorshanba kuni bo`lib o`tadi. Bu haqda Goal.com nashri xabar bermoqda. 

Eslatib o`tamiz, bunga qadar Luis Enrike "Barselonu B" va "Roma" klublarini boshqargandi. Futbolchilik faoliyati davomida esa u kataloniyaliklar safida 1996 va 2004 yillarda to`p surgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1