Saudiya Arabistonida nashr etiladigan «Ash-Sharq al-Avsat» gazetasi sihifasida “O`zbekistonga yo`l... Afsonaviy minoralar va bozorlar” sarlavhali maqola bosilib chiqdi, deb xabar bermoqda “Jahon” AA.
Unda ta`kidlanishicha, O`zbekiston bo`ylab sayohat respublikaning boy tarixi bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. Sayohat chog`ida Samarqand, Buxoro va Xorazmning mo``jivaziy go`zalligi, intellektual boyligi va ko`p madaniyatlilikni o`zida jo etgan qadriyatlaridan bahramand bo`lish mumkin.
Nashr sayyohlar uchun vizual, intellektual va madaniy taassurotlar eshigini ochadigan eng muhim beshta sababga asosiy e`tibor qaratgan.
Birinchisi – bir necha yuz yillar davomida nafaqat savdogarlar, balki rassomlar, shoirlar, diniy allomalaru mutafakkirlar Sharqdan G`arbga va aksincha yo`nalishda sayohat qilgan, madaniyatlar boyishining chorrahasi bo`lib xizmat qilgan ko`hna Buyuk Ipak yo`li bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyatligi
Ikkinchidan, O`zbekistonning YuNESKO Butunjahon merosi ro`yxatidan joy olgan tarixiy shaharlari va yodgorliklari bilan tanishish. Masalan, Registon maydoni Ipak yo`lining yirik savdo va madaniy markazi hisoblanadigan afsonaviy Samarqandning yuragi va mo``jizasidir.
Bundan tashqari, O`zbekiston tabiiy go`zallikda ham noyob va xilmma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu, ayniqsa, ekosayyohlik ishqibozlarini o`ziga jalb qiladi. Saudiya Arabistoni gazetasining tasdiqlashicha, bu uchinchi sabab hisoblanadi.
To`rtinchisi, deb yozadi nashr, o`zbek xalqining mehmondo`stligi, betakror ta`mi va mazaliligi bilan ajralib turadigan milliy oshxonasi hamda serquyosh o`lkaning meva-chevalarga mo`l-ko`lligi.
O`zbekiston milliy san`at ixlosmandlari uchun ham ajoyib mamlakat ekanligi beshinchi sabab hisoblanadi. Chunki o`zbeklar zamini gavjum bozorlari, ajoyib xiyobonlari, qo`lda tayyorlanadigan noyob hunarmandchilik mahsulotlari, qog`oz, teri va yog`ochdan tayyorlanadigan rang-barang buyumlari bilan ham mashhur.
Muxtasar qilib aytganda, mamlakatimizning sayyohlik nuqtai nazaridan naqadar jozibador ekanligi ushbu maqolada atroflicha ochib berilgan.