Bu safargi “Oskar”ning “Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor”i Sem Rokuell bo`lishi kutilmoqda, garchi nomzodlar orasida veteran-aktyor Kristofer Plammer va Vudi Xarrelson bo`lsa-da, deya yozmoqda Kp.ru nashri.
Ehtimolki, bolalar kelajagi uchun qayg`urishga majbur qiladigan “Florida” loyihasi” filmidagi roli uchun Uillem Defo g`olib bo`lishi ham mumkin, yana kim biladi deysiz?!
Uillem Defo — “Florida” loyihasi” (Bobbi Xiks roli uchun)

Vudi Xarrelson — “Missurining Ebbing chegarasida uch bilbord” (Bill Uilloubi roli uchun)

Richard Jenkins — “Suv shakli” (Jayls roli uchun)

Kristofer Plammer — “Dunyoning hamma pullari” (J. Pol Getti roli uchun)

Sem Rokuell — “Missurining Ebbing chegarasida uch bilbord” (Jeyson Dikson roli uchun)







