AsosiySiyosat

Prezident avtomobil transportini boshqarish bo`yicha qarorni imzoladi

'Prezident avtomobil transportini boshqarish bo`yicha qarorni imzoladi'ning rasmi

Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar qilindi.

Qaror bilan O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining daryo transporti sohasidagi davlat boshqaruvi bo`yicha vakolati O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga o`tkazildi va O`zbekiston avtomobil transporti agentligi etib qayta nomlandi.

Bundan tashqari:

— 2018-2021 yillarda 437 ta yangi yo`lovchi yo`nalishlarini tashkil etish hamda 84 ta avtovokzal va avtostansiyani qurish va rekonstruksiya qilishning, shuningdek, yuklarni xalqaro avtomobilda tashishlarni amalga oshiruvchi milliy tashuvchilarning og`ir yuk tashuvchi 3824 ta avtotransport vositalari parkini yangilashning prognoz ko`rsatkichlari;

— avtomobil transportini boshqarish tizimiga intellektual transport tizimi innovasiya loyihalarining zarur elementlarini joriy etishni nazarda tutuvchi, umumiy qiymati 90 milliard so`mni tashkil etuvchi axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish Dasturi tasdiqlandi.

2022 yilning 1 yanvarigacha bo`lgan muddatga quyidagi soliq va yig`imlar bo`yicha quyidagi imtiyozlar taqdim etilmoqda:

— lizing kompaniyalari va xalqaro tashuvlarni amalga oshiruvchi milliy tashuvchilar yuk avtotransporti vositalarini Ichki ishlar vazirligi organlarida ro`yxatdan o`tkazishda Respublika yo`l jamg`armasiga undiriladigan yig`imlar to`lovidan;

— asosiy faoliyati avtobuslarda yo`lovchi tashishni amalga oshirish bo`lgan umumiy foydalanishdagi shahar yo`lovchi transporti tashkilotlari er solig`i to`lovlaridan ozod etildi.

    Boshqa yangiliklar