Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi safarda Qatarning “Al Duhail” klubi mehmoni bo`ldi.
O`yinning 9-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Yusuf El Arabi hisobni ochgan bo`lsa, 19-daqiqada Yusuf yana bir-bor "temiryo`lchilar" darvozasini ishg`ol qildi. Hisob - 2:0. Birinchi bo`limning 25-daqiqasida Msakni jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.
Ikkinchi bo`limda “Lokomotiv” jamoasi bor e`tiborni hujumga qaratdi. 57-daqiqada Nivaldo birga-bir vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni qisqartirdi. Oradan ikki daqiqa o`tib, tajribali futbolchimiz Marat Bikmaev raqib darvozasiga gol urib, hisobni 3:2 ko`rinishiga olib keldi.
Shu tariqa “Al Duhail” va “Lokomotiv” klublari uchrashuvi 3:2 hisobida yakunlandi. Shuningdek, ushbu turda "Zob Ohan" o`z maydonida "Al Vahda"ni 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchrat etgandi.
"B" guruhida uchinchi turdan so`ng, "Al Duhail" 9 ochko bilan birinchi o`rinda borayotgan bo`lsa, "Zob Ohan" 6 ochko bilan ikkinchi "Lokomotiv" esa 3 ochko bilan uchinchi pog`onadan joy oldi.
12 mart kuni "Lokomotiv" Toshkentda "Al Duhail"ga qarshi maydonga tushadi.






