Muzokaralardan so`ng erishilgan kelishuvlar bo`yicha hujjatlarni imzolash marosimi bo`ldi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Do`stlik va yaxshi qo`shnilikni mustahkamlash to`g`risida qo`shma bayonot, O`zbekiston-Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to`g`risidagi shartnomani imzoladilar.
Savdo, iqtisodiyot, investisiya, moliya, transport va tranzit, qishloq xo`jaligi, suv-energetika, soliq, bojxona, turizm, fan-ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat, xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohalaridagi hamkorlik hamda hududlararo aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan jami 27 ta hujjat imzolandi.
Ushbu salmoqli hujjatlar to`plami mamlakatlarimiz va qardosh xalqlarimiz o`rtasidagi o`zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish uchun yangicha huquqiy asos yaratadi.
Matbuot anjumanida Shavkat Mirziyoev va Imomali Rahmon muzokaralar do`stona, ochiq va amaliy ruhda o`tganini, muloqotlar natijasidan mamnunligini ta`kidladilar.
“Biz O`zbekiston va Tojikistonning siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, energetika va boshqa ustuvor sohalardagi munosabatlarini mustahkamlashga doir dolzarb masalalarni muhokama qildik. Buning natijasi sifatida muhim hujjatlar – Davlat chegarasi bo`yicha shartnoma va Fuqarolarning o`zaro qatnovi to`g`risida bitim imzolandi. Bugun erishilgan tarixiy kelishuvlar nafaqat xalqlarimiz, balki butun mintaqa uchun ulkan ahamiyatga ega”, dedi davlatimiz rahbari.
Xabar qilinganidek, O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini avvaliga 500 million dollarga etkazish haqida so`z borgan edi. Davlat rahbarlarining samarali muzokaralari, ishbilarmon doiralarning bevosita muloqoti natijasida bu ko`rsatkich 1 milliard dollarga olib chiqiladigan bo`ldi.
Prezident Shavkat Mirziyoev O`zbekiston va Tojikiston o`rtasida hal qilinmagan masalalar qolmaganini ta`kidladi. Prezident Imomali Rahmon bu fikrni to`la qo`llab-quvvatladi.
Tomonlar mamlakatlarimiz o`rtasidagi munosabatlarni o`zaro ishonch, do`stlik va yaxshi qo`shnilik asosida yanada mustahkamlashga intilishini bildirdi.
“Biz O`zbekiston va Tojikistonning siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, energetika va boshqa ustuvor sohalardagi munosabatlarini mustahkamlashga doir dolzarb masalalarni muhokama qildik. Buning natijasi sifatida muhim hujjatlar – Davlat chegarasi bo`yicha shartnoma va Fuqarolarning o`zaro qatnovi to`g`risida bitim imzolandi. Bugun erishilgan tarixiy kelishuvlar nafaqat xalqlarimiz, balki butun mintaqa uchun ulkan ahamiyatga ega”, dedi davlatimiz rahbari.
Tashrif doirasida bo`lib o`tgan biznes-forum va O`zbekiston milliy sanoat ko`rgazmasi doirasida umumiy qiymati 143 million dollardan ortiq savdo shartnomalari va kooperasiya bitimlari, shuningdek, O`zbekiston banklari tomonidan savdoni moliyalashtirishga 100 million dollar mablag` ajratish to`g`risida bitim imzolangani ta`kidlandi.
Tomonlar mamlakatlarimiz o`rtasidagi munosabatlarni o`zaro ishonch, do`stlik va yaxshi qo`shnilik asosida yanada mustahkamlashga intilishini bildirdilar.