1

O`zbekiston va Evropa Ittifoqi o`rtasidagi hamkorlik istiqbollari Toshkentda muhokama qilinadi

Siyosat 10.03.2018, 16:11
O`zbekiston va Evropa Ittifoqi o`rtasidagi hamkorlik istiqbollari Toshkentda muhokama qilinadi

Joriy yilning 14 mart kuni Toshkentda “O`zbekiston va Evropa Ittifoqi o`rtasidagi hamkorlik: kelajakka nazar” mavzuidagi davra suhbati tashkil etiladi.

Tadbirni o`tkazishdan ko`zlangan asosiy maqsad, Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi yangi Strategiyasining ishlab chiqilishi doirasida O`zbekiston va Evropa Ittifoqi o`rtasidagi hamkorlikning istiqbollari va ustuvor yo`nalishlarini muhokama qilishdan iborat.

Ushbu tadbir O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar Instituti, Evropa Ittifoqi delegasiyasi va Fridrix Ebert nomidagi fondning O`zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Davra suhbati doirasida ishtirokchilar ochiq muloqot va munozalar tarzida O`zbekistonning Evropa Ittifoqi muhim institutlari bilan o`zaro manfaatli va ko`p qirrali hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi g`oyalar va takliflarni muhokama qilishadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1