1

"O`zsanoatqurilishbank" va Tojikistonning yirik banklari o`rtasida muhim hujjatlar imzolandi

Siyosat 10.03.2018, 16:42
"O`zsanoatqurilishbank" va Tojikistonning yirik banklari o`rtasida muhim hujjatlar imzolandi

“O`zsanoatqurilishbank” va Tojikiston Respublikasining “Oriyon” banki o`rtasida 20 million AQSh dollaridan iborat ikki tomonlama hamkorlik bitimi imzolandi. Bu haqda Prezident Matubot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, hamkorlikni mustahkamlash va banklararo hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish maqsadida “Amonat”, "Oriyon" va “Esxata” banklari bilan AQSh dollari va Evro valyutasida “Vakillik munosabatlarini o`rnatish bo`yicha banklararo shartnoma” imzolandi.

Bundan tashqari, O`zbekistondan Tojikistonga tovarlar va xizmatlar eksporti bilan bog`liq bitimlarni moliyalashtirishni nazarda tutuvchi “Savdoni moliyalashtirish sohasida hamkorlik to`g`risidagi kelishuv” tuzildi.

Taqdim etilayotgan kredit liniyasi doirasida O`zbekistondan turli sohalarda tovarlar va xizmatlar eksportini ko`paytirish maqsadida savdoni moliyalashtirish loyihalarini amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

Bugundan boshlab O`zbekiston va Tojikiston tadbirkorlari ushbu kredit liniyalaridan foydalanish maqsadida “O`zsanoatqurilishbank” va “Oriyon” banklariga murojaat qilishlari mumkin.

Qardosh davlat tadbirkorlarining loyihalarini moliyalashtirish masalasi "O`zsanoatqurilishbank" tomonidan qisqa muddat ichida hal etiladi.

Tomonlar hamkor banklar o`rtasidagi munosabatlarni o`zaro ishonch va do`stlik asosida yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1