1

Ayol eriga ismini aytib murojaat qilishi mumkinmi?

Hidoyat sari 12.03.2018, 11:10
Ayol eriga ismini aytib murojaat qilishi mumkinmi?

Savol:

Bizda Buxoroda ayollar erlariga ismi bilan murojat qiladi. Misol uchun erining ismi Alisher bo`lsa, Alisher deb, Yahyo bo`lsa, Yahyo deb murojaat qilishadi. Shu ish to`g`rimi?

Javob:

«Durrul muxtor» kitobida bu haqda shunday deyilgan:

«Ayol kishi erini ismi bilan chaqirishi makruh sanaladi».

Ushbu kitobning hoshiyasida Ibn Obidin rahmatullohi alayh shunday deydi:

«Ayol kishi erini chaqirganda ulug`lashni ifodalovchi so`zlar orqali murojat qilishi lozim. Misol uchun: sayyidim va shunga o`xshash so`zlar».

Buyuk tobein Sai`d ibn Musayyabning ayollari aytadi:

«Biz ayollar erlarimizga murojaat qilganda sizlar podshoh va amrilarga murojaat qilgandek xitob qilardik».

Buyuk sahobiya Ummu Dardo roziyallohu anho erlarini «Sayyidim», der edilar. Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Ummu Dardo bir hadisni rivoyat qilib: «Sayyidim menga aytdilar)», degan.

Xulosa qilib aytganda ayol o`z eriga uning nomini tilga olib murojaat qilishi makruh. Erlarini ulug`laydigan nomlar bilan ularga murojat qilish esa, yaxshi bo`lish bilan birga, er-xotin orasida iliqlik va muhabbatni bardavom bo`lishini ta`minlaydi.

Manba: http://muxlis.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1