1

Prezidentning Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili BAA va Saudiya Arabistoniga boradi

Siyosat 12.03.2018, 11:22
Prezidentning Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili BAA va Saudiya Arabistoniga boradi

2018 yilning 12-14 mart kunlari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi delegasiya Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni Podshohligiga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

BAA va Saudiya Arabistoni rasmiylari bilan uchrashuvlar chog`ida ikki tomon kun tartibiga doir dolzarb masalalar va 2018 yil 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan Afg`oniston bo`yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyaga tayyorgarlikning ayrim amaliy jihatlarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1