Rossiyalik biznesmen Anton Zingarevich Angliyaning “Reding” futbol klubini isroillik milliarder Teddi Sagiga sotish bo`yicha muzokaralar olib bormoqda.
Chempionship (Angliyaning ikkinchi divizioni) klubi uchun Teddi Sagi “Reding”ning 38 mln funt miqdoridagi qarzini yopib, ramziy tarzda bir funt to`lashga tayyor ekanligini bildirdi, deya xabar bermoqda ITAR-TASS axborot agentligi.
Hozirgi kunda Zingarevich “Reding” klubining 51 foizi aksiyasiga ega. Klubning 49 foizi esa klub prezidenti Jon Madeyskiga tegishli. Klub sotilgan taqdirda Zingarevich va Madeyski klubda kuzatuvchi aksioner sifatida qolishadi.
Forbes jurnalining ma`lumotiga ko`ra, isroillik biznesmen boyligi £ 1,5 mlrd.ni tashkil qiladi.





