AsosiySport

O`zbekiston terma jamoasi Marokashga qarshi o`yinga to`rt murabbiy boshchiligida tushadi

'O`zbekiston terma jamoasi Marokashga qarshi o`yinga to`rt murabbiy boshchiligida tushadi'ning rasmi

Futbol bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasini Marokashga murabbiylar kengashi olib boradi, deb xabar berdi O`FF.

Xabarda aytilishicha, o`rtoqlik o`yinlariga futbolchilarni saralab olish, ularni tayyorlash va olib borish va murabbiylar shtabini shakllantirish uchun O`zbekiston milliy terma jamoasiga Temur Kapadze vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Temur Kapadzeda hali murabbiylik tajribasi yo`qligini inobatga olgan holda, tajribali mutaxassislardan iborat murabbiylar kengashi Kapadzega O`zbekiston milliy terma jamoasini bo`lajak o`rtoqlik o`yinlariga tayyorlashga yordam beradi.

"Murabbiylar kengashidan "Bunyodkor" klubi ustozi Mirjalol Qosimov, "Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze va "Nasaf" jamoasi bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev joy olgan. O`zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilar avval Toshkentda yig`inni boshlashadi, keyin esa Mirjalol Qosimov, Shota Arveladze, Ro`ziqul Berdiev, Temur Kapadzedan iborat murabbiylar kengashi boshchiligida Marokashga yo`l olishadi", — deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston milliy terma jamoasi 23 va 27 mart kunlari Afrikaning ikkita kuchli terma jamoasi Senegal va Marokash terma jamoalari bilan safarda o`rtoqlik o`yinlari o`tkazadi.

    Boshqa yangiliklar