“Samarqand siti” 2019 yil oxirida qurib bitkaziladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoev Pastdarg`om tumanida o`tayotgan faollar yig`ilishida ma`lum qildi, deb yozadi Prezident matbuot kotibi o`zining Facebook'dagi sahifasida.
Xabarda qayd etilishicha, 2018-2019 yillarda Samarqandda 25 ta zamonaviy mehmonxona quriladi. Shuningdek, “Afrosiyob palas” mehmonxonasi kapital rekonstruksiya qilinadi.






