AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev har bir tumanda to`qimachilik fabrikalari tashkil etish bo`yicha topshiriq berdi (foto)

'Shavkat Mirziyoev har bir tumanda to`qimachilik fabrikalari tashkil etish bo`yicha topshiriq berdi (foto)'ning rasmi

Prezident Oqdaryo tumanidagi “Mushtariy Oqdaryo” mas`uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli tikuvchilik fabrikasida bo`ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O`tgan yili noyabrda ish boshlagan ushbu korxonada 20 xildagi trikotaj mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bu erda to`rt yuzdan ortiq xotin-qizlar hamda kollej bitiruvchilari mehnat qilmoqda.

Eng muhimi, korxona mahsulotlarining bozori aniq. Rossiyaning “OODJI” kompaniyasi bilan shartnoma imzolangan. Eksport geografiyasini kengaytirish rejalashtirilgan.

Prezident fabrikaning ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi, mahsulotlar sifatini ko`zdan kechirdi, xodimlar bilan suhbatlashdi.

Shavkat Mirziyoev bunday zamonaviy korxonalar iqtisodiyotni barqaror qilish, aholini ish bilan ta`minlashda muhim o`rin tutishini, shu kabi fabrikalarni har bir tumanda kamida ikkitadan tashkil etish zarurligini ta`kidladi.

Shu erda engil sanoat va gidro energetika sohalaridagi imkoniyatlar, xorijiy investisiyalar ishtirokidagi loyihalar taqdimoti o`tkazildi.

    Boshqa yangiliklar