AsosiySiyosat

Prezident Samarqanddagi Navro`z shodiyonalarida ham qatnashdi

'Prezident Samarqanddagi Navro`z shodiyonalarida ham qatnashdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev shu kunning o`zida Samarqand shahrida o`tkazilayotgan Navro`z shodiyonalarida ham ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Alisher Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog`ida viloyatning salohiyati, shahar va tumanlarning ko`rgazmalari, sahna ko`rinishlari namoyish etildi.

Davlatimiz rahbari viloyat jamoatchiligi, nuroniylar, faollar, yoshlar bilan suhbatlashib, barchani bayram bilan yana bir bor tabrikladi. Samimiy muloqot chog`ida mamlakatimizdagi islohotlar, odamlar hayotidagi o`zgarishlar haqida so`z bordi.

Shavkat Mirziyoev mazkur bog`da o`rnatilgan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykallari poyiga gul qo`ydi.

O`zbek va tojik adabiyotining buyuk namoyandalari bo`lgan ushbu shoirlar zamondosh, hamfikr bo`lgan. Ularning adabiy merosi bugungi kunda O`zbekiston va Tojikiston xalqlari o`rtasidagi do`stlik va qardoshlik aloqalarini mustahkamlashda muhim manba bo`lib xizmat qilmoqda.

Samarqanddagi bayram shodiyonalarida tojikistonlik mehmonlar ham qatnashdi. Prezidentimiz ular bilan suhbatda ajdodlarimizning ma`naviy merosi xalqlarimizning umumiy boyligi ekani, uni o`rganish azaliy do`stlik va yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini mustahkamlashini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar