1

"Toshkent deklarasiyasi" loyihasi ekspertlar tomonidan ko`rib chiqildi

Siyosat 26.03.2018, 09:28
"Toshkent deklarasiyasi" loyihasi ekspertlar tomonidan ko`rib chiqildi

25 mart kuniToshkentda O`zbekiston va Afg`oniston tashqi ishlar vazirlari hamda Toshkent anjumanida ishtirok etadigan delegasiyalar ekspertlarining tayyorgarlik yig`ilishi bo`lib o`tdi, deb xabar qilmoqda O`zbekiston TIV matbuot xizmati.

Ushbu yig`ilishda, "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" — xalqaro anujumani yakunida imzolanishi kutilayotgan — Toshkent deklarasiyasi loyihasi ko`rib chiqildi va muvofiqlashtirildi. Yakuniy Toshkent deklarasiyasi, 27 mart kuni anjumanda ishtirok etadigan mamlakatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar delegasiyalari rahbarlari diqqatiga taqdim etiladi, deyilgan xabarda.

Eslatib o`tamiz, 26-27 mart kunlari bo`lib o`tadigan Toshkent anjumaniga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh va tashkilotning Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, EIning xorijiy ishlar, siyosat va xavfsizlik bo`yicha oliy vakili Federika Mogerini, shuningdek Xitoy, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va BAA tashqi ishlar vazirlari taklif qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1