1

Afg`onistonlik yoshlar: «O`zbekiston va Afg`oniston Prezidentlarining do`stona munosabatlari bizning kamolotimizda muhim poydevor bo`lib xizmat qiladi»

Siyosat 26.03.2018, 09:58
Afg`onistonlik yoshlar: «O`zbekiston va Afg`oniston Prezidentlarining do`stona munosabatlari bizning kamolotimizda muhim poydevor bo`lib xizmat qiladi»

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 26-27 mart kunlari “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida bo`lib o`tadigan Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi oldidan mazkur ta`lim maskani talabalarining ayrimlari poytaxtimizga kelishdi, deb yozadi "Xalq so`zi" nashri.

Ular xalqaro anjuman, markazda yaratilgan shart-sharoitlar haqida fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Abdulsalim FORUQIY (Balx viloyati):
— Bilimimizni oshirish hamda mutaxassis bo`lib etishishimiz uchun hamma imkoniyatlarni yaratib bergan O`zbekiston Prezidenti hamda Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidentidan juda minnatdormiz. Ular sababli biz ilm darajamizni oshirayapmiz. O`ylaymanki, ikki davlat rahbarlarining do`stona munosabatlari bizning kamolotimizda muhim poydevor bo`lib xizmat qiladi.
Ayni paytda markazda o`zbek tili va adabiyoti yo`nalishida bilim olmoqdaman. Qolaversa, xorijiy tillardan ingliz tilini ham yaxshi bilaman. Har bir fandan mashg`ulot o`tadigan o`qituvchilarimizning bilim darajasi yuqori. Bo`sh vaqtimizda Surxondaryo viloyatidagi diqqatga sazovor joylarni tomosha qilamiz.
Toshkentda kelasi hafta boshida bo`ladigan xalqaro anjuman Afg`oniston hayotida yangi sahifa ochadi, degan umiddaman.

Asila NOIBZODA (Samangon viloyati):
— Mamlakatlarimiz o`rtasidagi munosabatlar tobora rivoj topayotganidan juda xursandmiz. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Toshkentda bo`lib o`tadigan xalqaro konferensiya Afg`oniston, uning kelajagi uchun g`oyatda muhim ahamiyatga ega. Chunki bizning yurtimizda tinchlik va barqarorlik hukm surishi, odamlar osoyishta hayot kechirishi nafaqat xalqimizga, shu bilan birga, Markaziy Osiyo uchun ham katta foydadir.

Afg`onistonda barcha yaxshi bilim olib, mutaxassis bo`lib etishishni istaydi. Mana shunday sharoitda do`st va birodar O`zbekiston bizga yordam qo`lini cho`zib, rivojlangan davlatlarning ta`lim dargohidan qolishmaydigan, barcha sharoitga ega ta`lim markazini tashkil etgani hammamizni behad quvontirdi. Hozir ushbu ta`lim markazida 96 nafar afg`onistonlik yosh tahsil olayapti. Ulardan 11 nafari qizlardir.

Asadillo AZIZIY (Juzjon viloyati):
— O`zbekistonda tahsil olayotganimizga ikki oydan oshdi. Ta`lim maskanimizda fanlar bo`yicha darsliklar, o`quv qurollari va qo`shimcha adabiyotlarning yozma hamda elektron shakli mavjud. Internet tarmog`i orqali boshqa kutubxonalar bazasidan ham foydalanishimiz mumkin. Kompyuter va lingafon xonasi, rus, ingliz tili hamda tasviriy san`at, tikuvchilik, kulollik kabi o`nlab to`garaklar puxta bilim olishimiz, malaka va ko`nikmamizni boyitishimiz uchun qulaylik yaratmoqda. Bunday ta`lim sharoitlari Afg`onistonda ham bo`lishini, men kabi tengdoshlarim o`z kelajagi sari qadam tashlashini istardim.
Shu nuqtai nazardan 26-27 mart kunlari bo`lib o`tadigan Toshkent konferensiyasi afg`on xalqi, ayniqsa, yoshlarining nurli istiqbol sari umidlar bilan hayot kechirishiga turtki beradi.

Ra`no ShERZOD (Balx viloyati):
— Bugungi kunda biz, afg`on yoshlari Markaziy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlar o`rtasida yaqin qo`shnichilik munosabatlari tiklanib, o`zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga doir intilishlar kuchayganligiga guvoh bo`lmoqdamiz. Bunda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning ichki va tashqi siyosati, chigal va echimini kutayotgan dolzarb muammolarni bartaraf etish yo`lidagi jur`ati, matonati va etakchilik qobiliyati hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotir. Jumladan, O`zbekiston rahbarining Afg`oniston bo`yicha ilgari surayotgan takliflari har qancha tahsinga loyiq.

Bizning Afg`oniston fuqarolarini o`qitish ta`lim markazimizda barcha shart-sharoit muhayyo etilgan. Zamonaviy o`quv binosi, faollar zali, oshxona, sport zali, stadion va sport maydonchalari, shuningdek, talabalar turarjoylari xizmatimizda.
Qisqacha aytganda, do`st o`zbek xalqi bizni samimiy va ochiq chehra bilan kutib olganidan xursandmiz. O`zbekistonda tahsil olish men uchun faxr, albatta. O`zim bolalikdan adabiyot va san`atga oshuftaman. Navoiy va Mashrab devonlarini sevib o`qiyman. Ularning ijodidan ko`plab namunalarni yod olganman.
O. LUTFULLAEV yozib oldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1