1

Federika Mogerini Toshkentga keldi

Siyosat 26.03.2018, 20:11
Federika Mogerini Toshkentga keldi

Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha Oliy vakili Federika Mogerini «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi.

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan o`tkazilayotgan Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasining asosiy tadbirlari 27 martga mo`ljallangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1