1

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidentini qabul qildi

Siyosat 27.03.2018, 09:15
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidentini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 26 mart kuni Ko`ksaroy qarorgohida "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzuida Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G`anini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o`rtasidagi yaxshi qo`shnilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, o`zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, savdo, transport va energetika sohalaridagi loyihalar, ta`lim, sog`liqni saqlash va boshqa yo`nalishlardagi dasturlarni amalga oshirish masalalari ko`rib chiqildi.

Tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Prezident Muhammad Ashraf G`ani mamlakatlarimizning Afg`oniston bo`yicha Toshkent xalqaro konferensiyasini o`tkazishga oid birgalikdagi tashabbusini ro`yobga chiqarishga qaratilgan sa`y-harakatlar uchun O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga samimiy minnatdorlik bildirdi, o`zaro manfaatli yo`nalishlar bo`yicha hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1