AsosiySiyosat

Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentga keldi

'Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentga keldi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi ushbu mamlakat delegasiyasi «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga keldi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Rossiya delegasiyasini O`zbekiston Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi.

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan o`tkazilayotgan Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasining asosiy tadbirlari 27 martga mo`ljallangan.

    Boshqa yangiliklar