1

«France-Press» axborot agentligi muxbiri O`zbekistonni tezkor rivojlanayotgan mamlakat deya qayd etdi

Siyosat 27.03.2018, 13:51
«France-Press» axborot agentligi muxbiri O`zbekistonni tezkor rivojlanayotgan mamlakat deya qayd etdi

«France-Press» axborot agentligi muxbiri O`zbekistonni tezkor rivojlanayotgan mamlakat deya qayd etdi, deya xabar bermoqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi.

Fransiyaning «France-Press» axborot agentligi erkin jurnalisti Regis Jente:

— Mazkur anjuman birinchi o`rinda Afg`oniston uchun muhim. Qolaversa, qo`shni mamlakat bo`lgani uchun bu davlatdagi vaziyat O`zbekiston uchun ham alohida ahamiyatga ega. Yurtingiz tezkor rivojlanayotgan mamlakat bo`lgani bois u dunyoda o`z o`rniga, tashabbusiga ega davlat sifatida qaraladi. So`ngi vaqtlarda O`zbekiston o`zi rivojlanishi bilan birga, qo`shni mamlakatlar bilan aloqalarini tiklash, ular bilan mustahkam hamkorlikka erishish yo`lida tinmayapti.

Yurtingizdagi sayohat qiluvchilar uchun yaratilgan yangi va keng imkoniyatlar mening ham e`tiborimni tortdi. Bu juda yaxshi amaliy chora bo`lganini ta`kidlashim joiz. Bundan tashqari jurnalistlar uchun barcha imkoniyatlar ham yaratilgani quvonarli.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1