1

Shavkat Mirziyoev Toshkent konferensiyasi ishtirokchilarini qabul qildi

Siyosat 27.03.2018, 14:36
Shavkat Mirziyoev Toshkent konferensiyasi ishtirokchilarini qabul qildi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 27 mart kuni “O`zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun kelgan Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha Oliy vakili Federika Mogerinini qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Matbuot xizmatining xabar berishicha, prezident shuningdek, xalqaro konferensiya ishtirokchilari — Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hamda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho`g`lini qabul qildi.

Shavkat Mirziyoev prinyal ministra inostrannx del Tursii Mevlyuta Chavushoglu, prinyavshego uchastie v mejdunarodnoy konferensii Mirny prosess, sotrudnichestvo v sfere bezopasnosti i regionalnoe vzaimodeystvie.

Eslatib o`tamiz, “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiya tashabbuskori O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev hisoblanadi. Xalqaro konferensiyada Afg`oniston prezidenti, Hindiston, Eron, Qozog`iston, Qirg`iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkiya TIV rahbarlari, Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha Oliy vakili, BMTning Afg`onistondagi maxsus vakili, AQSh davlat kotibining birinchi o`rinbosari ishtirok etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1