1

Fiderika Mogerini: Afg`onistonda bu yil bo`lib o`tadigan siyosiy jarayonni qo`llab-quvvatlaymiz

Siyosat 27.03.2018, 14:59
Fiderika Mogerini: Afg`onistonda bu yil bo`lib o`tadigan siyosiy jarayonni qo`llab-quvvatlaymiz

Poytaxtimizda ochilgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida o`tkazilayotgan xalqaro konferensiyada Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha Oliy vakili Fiderika Mogerini ma`ruza qildi, deb yozadi O`zA.

F.Mogerini o`z chiqishida Afg`onistondagi vaziyatni baraqarorlashtirishga oid tashabbusni qo`llab-quvvatlashini bildirdi. Evropa Ittifoqi ham bu masalaga doim e`tibor qaratib kelgan.

Terrorga yo`l qo`ymaslik, mamlakat chegaralarini qo`riqlashda yordam ko`rsatish bo`yicha Evropa Ittifoqi moliyaviy ko`mak ko`rsatishga doim tayyor.

Afg`onistonda “katta derjava” sanalgan davlatlarning o`zaro urushi davom etayotganini qayd etib o`tdi ma`ruzachi.

Shunga qaramay Afg`onistonda bugungi kunda rivojlanish ko`zga tashlanmoqda. Hamkorlar bilan o`zaro aloqalar tufayli bu erda xalq uchun zarur bo`lgan infratuzilma bunyod etilmoqda. Temir yo`llar barpo etildi. Afg`on yoshlarining ta`lim olishiga e`tibor qaratilmoqda. Ularning ayrimlari ayni paytda O`zbekistonda ta`lim olayotganidan xabarimiz bor.

Afg`onistonda tinchlik o`rnatilishi nafaqat afg`on xalqi uchun, balki Markaziyo Osiyo davlatlarida istiqomat qilayotgan xalqlar uchun katta imkoniyatlar yaratadi.

Afg`onistonda bu yil parlamentga saylov bo`lib o`tadi. Bu siyosiy jarayonni, shuningdek mamlakat boshqa tuzilmalari, sud-huquq sohasi, fuqarolik jamiyati rivojlanishini ham albatta qo`llab-quvvatlaymiz.

Afg`onistonda vaziyat to`la barqarorlashishi uchun “Tolibon” muzokaraga kirishishga o`zida kuch topishi kerak.

Diplomatik munosabatlar qaror topishi kerak. Afg`on xalqi ham o`z qat`iy irdasini namoyon etishi zarur. Tinchlik o`rnatilishiga oid jarayonni to`liq qo`llab-quvvatlaymiz va umid qilamanki, biz bunga albatta erishamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1